12 Oktyabr 2022 Yil 6789

Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Seyfulla Azimov boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lishdi.
Delegasiya a'zolari tizim faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Bosh boshqarma Axborot mul'timedia markazi va “Shon-sharaf” muzeyi faoliyati delegasiya a'zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz tomonidan Bosh boshqarma sohaviy xizmatlari faoliyati, xodimlar ish jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi hamda yaratilgan ijodiy materiallar tomosha qilishib, markaz xizmatiga tatbiq qilingan yondashuvlarga yuqori baho berdilar.
“Shon-sharaf” muzeyiga tashrif davomida mehmonlar e'tiboriga havola qilingan respublika ichki ishlar organlari shakllanishining turli bosqichlarida ishlatilgan forma-kiyimlari, avto va mototransport, maxsus vosita va qurollar ekspozisiyalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech