2 May 2024 Yil 1158

Har bir oila ibrat namunasi

Bir necha yillardan buyon ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida “Namunali oila” ko‘rik- tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tanlovda Bosh boshqarma sohaviy xizmatlaridan tanlab olingan o‘nta oila qatnashdi.


Tanlov shartlariga ko‘ra dastlab, har bir ishtirokchi oila aʼzolari birgalikda milliy raqs, sheʼr, qo‘shiq, xalq o‘yinlari va boshqa badiiy chiqishlarini namoyish etdilar. Oila aʼzolari belgilangan shartlarni ishtiyoq va zavq bilan bajarishgani hakamlar eʼtiboridan chetda qolmadi.


Tanlovning ikkinchi sharti - “Bu mening oilam” nomi ostida bo‘lib, unda eng yaxshi oilaviy fotosuratlar va videoroliklarning taqdimoti yaʼni, o‘nta fotosuratdan iborat oilaviy elektron fotoalbom hamda oila munosabatlari, anʼana va qadriyatlardan hikoya qiluvchi 3-5 daqiqali videorolikni hakamlar eʼtiboriga havola etish belgilangan. Ushbu shartlarning ijrosini diqqat bilan kuzatib baholab borgan hakamlar musobaqaning uchinchi yakuniy bosqichiga o‘tishdi.


Uchinchi shartga ko‘ra ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, mutafakkir va allomalar qalamiga mansub asarlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati borasidagi savollarga javob berdilar.


Tanlov shartlarining bajarilishi hakamlar hayʼati tomonidan diqqat bilan kuzatilib, xolisona va adolatli baholanib borildi.


Nihoyat, tanlov ishtirokchilari uchun hayajonli daqiqalar boshlandi. Hamma, hatto tomoshabinlar ham tanlov natijalarini intiqlik va katta qiziqish bilan kuta boshlashdi.


Hayʼat aʼzolari yakdillik bilan 1-o‘ringa IIBB JTSB saf bo‘linmalari PPXB 1-maxsus safarbarlik batalyoni 2-otryad guruh komandiri, kapitan Mamatov Umidjon Ibrohim o‘g‘li oilasini munosib deb topishdi.


Faxrli 2-o‘ringa ikki oila - Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi, bo‘linma tergovchisi, mayor Danaboyev Odil Xolboyevich hamda Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Salimov Samariddin Samadovich oilasi loyiqligi eʼtirof etildi.


Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB HPB katta inspektori, podpolkovnik To‘xtamurodov Faxriddin Djalolitdinovich va IIBB YHXB saf bo‘linmalari YPX brigadasi 1-batalyon 6-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Abduvaliyev Bekali Maqsudali o‘g‘li oilalari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.


Tanlov g‘oliblari IIBB rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Ko‘rik-tanlov barchada iliq taassurot qoldirdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech