25 Aprel 2024 Yil 752

Faqat Dastur bilan cheklanmay...

Joriy yilning 15 aprelida poytaxt IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida profilaktik hisobga olingan, “Qizil toifa”ga kiritilgan yoshlar bilan alohida ishlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish shahar hokimi, prokurori, DXX Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda shahar IIBB rahbariyatlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma dasturda belgilangan vazifalarning 2-bosqichini amalga oshirishga bag‘ishlandi. Unda IIBB rahbariyati, hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari qatnashishdi. Yig‘ilganlar Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosini taʼminlash, samarasini oshirish xususida o‘zaro fikr almashdilar.

Qayd etish lozimki, Markaz faoliyati bir muddat ham tinmaydi. Dastur asosida dargohga yana 35 nafar bolalar qabul qilindi. Ular IIBB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda sport, harbiy ust-bosh kiyimlari bilan taʼminlandi. Ularning qalbiga yo‘l topish, to‘g‘ri yo‘lga solish jarayonini to‘laqonli olib borish maqsadida, amaliyotchi psixologlar hamkorligida chuqurlashtirilgan psixodiagnostika amaliyoti o‘tkazilib, har bir tarbiyalanuvchining psixologik portreti shakllantirildi.

Markaz tarbiyalanuvchilarini har tomonlama kamol toptirish borasida keng qamrovli ishlarning olib borilishi, ularning qiziqish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish muassasa masʼullarining hamisha diqqat-eʼtiborida. Tarbiyalanuvchilarning shahardagi hayvonot bog‘iga tashrifi, ularda hayvonot olamiga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Dasturning 2-bosqichida ishtirok etayotgan ushbu o‘smirlar ko‘plab taassurotga ega bo‘lishi, o‘z dunyoqarashini ijobiy tarafga o‘zgartirishi va vataniga fidoyi insonlar bo‘lib shakllanishiga ishonamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech