15 Mart 2024 Yil 10117

Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB ga tashrif buyurdi

Yaqinda Koreya Respublikasi milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Toshkent shahar IIBBda bo‘lishdi.

Delegatsiya aʼzolari bosh boshqarmaning Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishib chiqdi. Mehmonlar markazda zamon talablariga mos ravishda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, axborot-texnologiyalari bilan tanishib, majmuaga ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilinganligiga yuqori baho berdilar.

Uchrashuv davomida Koreya tomoni hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi IIVning Malaka oshirish institutida ham Simulyatsiya o‘quv markazi (situatsion boshqaruv markazi, “102” xizmati, navbatchilik qismi)ni tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, delegatsiya Toshkent shahar IIBB “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar va respublika ichki ishlar organlari shakllanishining turli bosqichlarida ishlatilgan forma-kiyimlari, avto va mototransport, maxsus vosita va qurollar ekspozitsiyalari haqida maʼlumot oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech