TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Har bir oila ibrat namunasi

Bir necha yillardan buyon ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida “Namunali oila” ko‘rik- tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tanlovda Bosh boshqarma sohaviy xizmatlaridan tanlab olingan o‘nta oila qatnashdi.Tanlov shartlariga ko‘ra dastlab, har bir ishtirokchi oila aʼzolari birgalikda milliy raqs, sheʼr, qo‘shiq, xalq o‘yinlari va boshqa badiiy chiqishlarini namoyish etdilar. Oila aʼzolari belgilangan shartlarni ishtiyoq va zavq bilan bajarishgani hakamlar eʼtiboridan chetda qolmadi.Tanlovning ikkinchi sharti - “Bu mening oilam” nomi ostida bo‘lib, unda eng yaxshi oilaviy fotosuratlar va videoroliklarning taqdimoti yaʼni, o‘nta fotosuratdan iborat oilaviy elektron fotoalbom hamda oila munosabatlari, anʼana va qadriyatlardan hikoya qiluvchi 3-5 daqiqali videorolikni hakamlar eʼtiboriga havola etish belgilangan. Ushbu shartlarning ijrosini diqqat bilan kuzatib baholab borgan hakamlar musobaqaning uchinchi yakuniy bosqichiga o‘tishdi.Uchinchi shartga ko‘ra ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, mutafakkir va allomalar qalamiga mansub asarlarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati borasidagi savollarga javob berdilar.Tanlov shartlarining bajarilishi hakamlar hayʼati tomonidan diqqat bilan kuzatilib, xolisona va adolatli baholanib borildi.Nihoyat, tanlov ishtirokchilari uchun hayajonli daqiqalar boshlandi. Hamma, hatto tomoshabinlar ham tanlov natijalarini intiqlik va katta qiziqish bilan kuta boshlashdi.Hayʼat aʼzolari yakdillik bilan 1-o‘ringa IIBB JTSB saf bo‘linmalari PPXB 1-maxsus safarbarlik batalyoni 2-otryad guruh komandiri, kapitan Mamatov Umidjon Ibrohim o‘g‘li oilasini munosib deb topishdi.Faxrli 2-o‘ringa ikki oila - Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi, bo‘linma tergovchisi, mayor Danaboyev Odil Xolboyevich hamda Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Salimov Samariddin Samadovich oilasi loyiqligi eʼtirof etildi.Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB HPB katta inspektori, podpolkovnik To‘xtamurodov Faxriddin Djalolitdinovich va IIBB YHXB saf bo‘linmalari YPX brigadasi 1-batalyon 6-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Abduvaliyev Bekali Maqsudali o‘g‘li oilalari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.Tanlov g‘oliblari IIBB rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.Ko‘rik-tanlov barchada iliq taassurot qoldirdi.

2 May 2024 Yil

330

Tadbirlar ko‘rgazmali olib borilmoqda

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazidagi maxsus kurslar bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan tarbiyalanuvchilarni Vatanga muhabbat, sodiqlik, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat hissida tarbiyalash, shuningdek, harbiy kasbga qiziqtirish maqsadida yoshlar IIBB JTSB PPXB otliq otryadi hamda Kinologiya xizmatida bo‘lishdi. Masʼul xodimlar bu xizmatlar faoliyati, otlarning, xizmat itlarining saqlanishi, ularni turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish-o‘rgatish ishlari haqida qiziqarli maʼlumotlar bilan bo‘lishdilar.Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bir qatorda ularning ota-onalari bilan ham chuqurlashtirilgan psixodiagnostika amaliyoti o‘tkazilib, oiladagi o‘zaro munosabatlar, ijtimoiy muhit, tarbiya jarayoni kabi muammolar o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida ularning psixologik portreti shakllantirildi.Shuningdek, ishtirokchilar poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” hamda  “Shon-sharaf” muzeyidagi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishgach, ular eʼtiboriga “Jannat – onalar oyog‘i ostida” nomli kinofilm namoyish etildi.Markaz tarbiyalanuvchilarining harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqlarini kuchaytirish, qiziqishlarini imkon qadar qondirish maqsadida, shahar Mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchilari tarbiyalanuvchilarni jalb etgan holda saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. Yoshlar saf tushunchasi, safdan chiqish, safga qaytish, harbiycha salomlashish tartibi va saf qo‘shig‘ini kuylashni o‘rgandilar.Ushbu tadbirning jonli va ko‘rgazmali olib borilishi tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi.

30 Aprel 2024 Yil

600

Interaktiv xizmatlar

Text to speech