Terrorchilik qo’poruvchilik hurujlari sodir etilganda harakatlanish qoidalari

Agar sen garovga tushib qolsang:
  • Tinchlikni saqla, qolganlarni tinchlantir. Vahima qilma, senga berilgan buyruqlarni bajar;

  • Ushbu vaziyatda suvning bebaholigi va kuch-quvvatini saqlash zarurligini esda tut;

  • Tasodifiy portlash, yong’in va o’pirilishdan saqlanish uchun binoning xavfsizroq joylariga joylash;

  • Portlovchi moddaga tegma, o’rnidan qimirlatma yoningdagilarga ham tushuntir;

  • Yig’lama, ortiqcha shovqin qilma bu terroristlar tomonidan qilinadigan qo’pol, o’ylanmagan harakatlarga olib kelishi mumkin;

  • Terrorchilarning barcha tashqi ko’rinishlarini (yuz-ko’zi, belgilari, kiyimi, ularning soni, joylashuvi va boshqalar)ni eslab qolishga harakat qil;

  • Agar mumkin bo’lsa, terroristlar bilan yaxshi munosabat o’rnatishga harakat qil;

  • Garovdan ozod qilinganda, maxsus xizmat xodimlarining barcha talablarini bajar.

Барча янгиликлар

Text to speech