SELLAR
Sellar – tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan paydo bo’luvchi suv, qum, loy, shag’al, tosh va tog’ jinslari parchalarining oqimlari.
Sel kelishining birinchi belgilari:
Quyidagilar sel oqimining bevosita yaqinlashishi haqida ogohlantiradi:
-
Sel xavfi bo’lgan daryolarning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash;
-
Sel ko’chirib kelayotgan toshlarning urilishidagi larza;
-
Daryolardagi suv sathining keskin ortishi;
-
Sel oqimining «bosh qismi» bilan birga kelayotgan iflos chang bulutining paydo bo’lishi.