Yo’l harakati xavfsizlik qoidalari

TRANSPORT VOSITALARIDA HARAKATLANISH QOIDALARI (JAMOAT TRANSPORTIDA)
Transport vositasiga chiqishda:
  • Transport vositalarini bekatlarda kut, yo’lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqma;

  • Avtobus, tramvay va boshqa transport vositalarida ular batamom to’xtagandan keyin chiq;

  • Jamoat transportiga kirish orqa eshikdan, chiqish esa oldingi eshikdan (agar avtobus uch eshikli bo’lsa, o’rta eshikdan kirish, oldingi va orqa eshiklardan chiqish) amalga oshiriladi;

  • Avtobus, tramvayga ular harakatlangan paytda sakrab chiqma, orqasiga osilma, zinapoyalarida turma.

Jamoat transporti salonida

Salonga kirgan zahoti, o’rtasiga o’tib ket, chiqish maydonchalarida to’xtab turma.

Agar bo’sh joy bo’lsa, uni band et, o’tish joyida turma. Esingda tut! Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo’lovchilarga joy ber.

Shovqin qilma va baland ovozda so’zlashma. Haydovchini ishidan chalg’itma. Oynalardan boshingni chiqarma. Agar chiqish bekating yaqinlashib qolgan bo’lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko’r.

Transportdan chiqishda

Transport vositasi batamom to’xtab bo’lgandan so’ng tushib qol. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolma: o’ng tomonga qara va agar yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bo’lmasa, yo’lkadan yur.

Avtobus yo’l-harakati hodisasiga uchraganda

Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo’ljallangan derazalardan foydalan. Yo’l-transport hodisasidan so’ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini bil va shundan so’ng chiqishga harakat qil.

Tramvay yo’l-transport hodisasiga uchraganda

Tramvay salonida sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko’zdan kechir. U qaysi holatda ekanligini aniqlab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tush, chunki vagon elektr tokida bo’lishi mumkin.

Барча янгиликлар

Text to speech