Sel, o’pirilish va toshqin xavfi

O’PIRILISHLAR

Tog’ va tepalik yonbag’irlari bo’ylab yorilishlarning paydo bo’lishi o’pirilish yuz berishining belgisidir.

O’pirilish xavfi borligining belgilari:
  • Uyning eshik va derazalari bekilmay yoki qisilib qolishi;

  • Uydagi devor suvoqlarida va poydevorda yangidan yangi darzlar paydo bo’lishi;

  • Yer yuzasida, yo’lkalarda, yo’llarda yoriqlar paydo bo’lishi va kengaya borishi;

  • Yonbag’irlar poyida yer bo’rtib chiqishi, yer osti suvlari yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, devorlar va daraxtlar siljiy boshlashi;

  • Gumburlash eshitilishi va zo’raya borishi.

Shundan so’ng yer jinslarining yaxlit bo’laklari asta-sekin surilishi yoki birdan ko’chishi mumkin.

Mustahkam bo’lmagan tog’ yonbag’irlari pastga ag’darilib tushishi; binolarni vayron etishi va odamlarni ko’mib qo’yishi mumkin. Shuning uchun o’pirilishning dastlabki belgilari paydo bo’lishi bilanoq mustahkam bo’lamagan qoyalar, uyma tepaliklar, tik tushgan tuproqli yonbag’irlardan xavfsiz bo’lgan masofaga o’tib olish, tor daralardan chiqib olish kerak.

Agar zarar ko’rganlar bo’lsa, u holda iloji boricha tezlikda ularga zaruriy yordamni ko’rsatishga harakat qil. Keksalarga xavfli joylardan chiqib olishida yordamlash.

Барча янгиликлар

Text to speech