Radiatsiya xavfidan muhofazalanish

Radiatsiya xavfi sodir bo’lishidan oldin ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
  1. Gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilish;

  2. Dokali paxta niqobni tayyorlash va ishlatish usullarini bilish;

  3. Zararlangan(zaharlangan)larga birinchi yordam ko’rsatish usullarini o’rganish;

  4. Tibbiy yordam ko’rsatish qutichasini tayyorlab qo’yish va unda albatta yodli preparat bo’lishini ta’minlash;

  5. Oila a’zolari muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalar qayerdaligini bilish;

  6. Elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o’chirishni bilish;

  7. Xonadon(kvartira)ga tashqaridan havo kirishini to’xtatish choralarini ko’rish; deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab qo’yish;

  8. Mustaqil ravishda radioaktiv muhitni va oziq-ovqat mahsulotlarining zaralangan(zaharlangan)lik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr asbobi bo’lishini ta’minlash;

  9. Ekstremal holatlarda tezkor evakuatsiyaga tayyorlanishni bilish, radiatsiyadan nurlanish darajasi g’ishtli binolarda 5-10 marta, temir-beton uylarda undan ko’p va yerto’lalarda 300-400 marotaba kamayishini bilish kerak.

Барча янгиликлар

Text to speech