Oyog’ing ostidagi muz yorilsa:
Qo’llaringni yon tomonlarga yozib, muz ustiga ko’krak berib yoki chalqancha yotib olishga harakat qil. Gorizontal holatga o’tib, yoriqning qarama –qarshi chetiga oyoqlaringni tira. Oldin bir oyog’ingni, keyin ikkinchisini muz ustiga chiqar. Oldin dumalab, keyin esa emaklab, yorilgan joydan nariroq ket. Baqirib yordamga chaqir.
Agar sen yordam beradigan bo’lsang:
Muzdagi yorilgan joyga tippa-tik yaqin borma, qo’l va oyoqlaringni yonga yozib, qorinda emaklab yaqinlash, bunda chang’ida, taxtaga tiralib borgan ma’qul.