17 May 2023 Yil 731

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan transport vositasini olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 11 may kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 35 yoshli Nurlan K. murojaat qilib, ko‘chada eshiklari ochiq va kaliti o‘t oldirgichda qarovsiz qoldirilgan “Matiz” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilgan. Aniqlanishicha, 39 yoshli Maksim P. transport vositasining eshiklari qulflanmaganligi hamda kaliti o‘zida bo‘lganligi sababli, mashinaga o‘tirib, nomaʼlum tomonga ketib qolgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Shu bilan birga, Maksim Yakkasaroy tumanida yo‘l transport hodisasini ham sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Ochiq holda qarovsiz qoldirilgan avtomobil g‘arazgo‘ylar uchun jalb qiluvchi omil hisoblanadi. Transport vositangizdan bir necha daqiqaga uzoqlashishni rejalashtirganingizda ham uni kalit bilan qulflab keting.

Barcha yangiliklar

Text to speech