28 Mart 2023 Yil 595

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, unda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir”, “Buyuk mutafakkir va olim” kabi mavzular muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori M.Xo'jayev ma’ruza qildi. Xususan, u o’z ma’ruzasida - Konstitutsiyamizning yangi tahririda mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz ertangi kun farovonligining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolati sifatida “O‘zbekiston – suveren, demokratik , huquqiy, ijtimoiy davlat" va ushbu asosiy qoidalarni o'zgartirish mumkin emasligini bildirib o’tdi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizda mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va mustaqil Vatanni qoldirish, xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni qaytarib bo‘lmasligi kabi muhim qadriyatlar o‘z ifodasini topgani alohida ta’kidlandi. Xalq, qonun va adolat, insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlatchilikning tamal toshi sifatida mustahkamlanib bormoqda.

Shuningdek tadbirda Yoshlar masalalari agentligi bosh mutaxassisi N.Matniyozov so‘zga chiqib, buyuk ajdodimiz, olim-entsiklopedist Abu Rayxon Beruniyning boy ilmiy merosi haqida gapirdi. U mutafakkir tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanishini ta’kidladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech