24 Yanvar 2023 Yil 586

O‘qituvchilarning konstruktiv muloqoti

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘qituvchilarining malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti ingliz tili filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va akademik litseyning Tillarni o‘rganish kafedrasi o‘qituvchi-pedagoglari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘qituvchilar xorijiy tillarni o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnoligiyalardan foydalanish, innovatsion usullarni qo‘llash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy Arxeologiya Markazining bir guruh arxeolog olimlari o‘qituvchi-pedagoglarga mamlakatimiz hududida arxeologiya va antropologiya sohasida olib borilayotgan ishlar, tarix fanini o‘qitishda arxeologiya va antropologiyaning ahamiyati bo‘yicha seminar-trening o‘tkazishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech