20 Mart 2023 Yil 1032

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish davr talabidir

Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik kuni doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – davr talabi” mavzusi muhokama qilindi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Davra suhbati ishtirokchilariga kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga qanday aldanib qolmaslik haqida ma’lumot berildi, shuningdek ularga hech kimga bank kartalarining ma’lumotlari va maxfiy kodlarini bermaslik, qimor o‘yinlari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashmasliklari kerakligi tushuntirildi.
Yakunda huquq-tartibot idoralari xodimlari yig‘ilganlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi.
Shuningdek, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika IIV Akademiyasi kursantlari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlar tinglovchilarga internet tahdidlarining asosiy turlari, kiberjinoyatlarning tez rivojlanayotgan yangi shakllari haqida so‘zlab berdilar va o‘z ish amaliyotidan aniq misollar keltirdilar.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan bo‘lgan suxbatda o’quvchilar tarmoqda xavfsiz o‘zaro hamkorlikni tashkil etish masalalarini, shuningdek, zamonaviy kiberjinoyat turlarining xususiyatlarini faol muhokama qildilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech