24 Yanvar 2023 Yil 731

Toshkent shahar IIBBda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati, bosh boshqarma va uning tizimlari shaxsiy tarkibi, ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etdi. Tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundang so‘ng, benuqson xizmatlari uchun bir qator xodimlarni taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq o‘qib eshittirildi. Shu kunlarda kechayu kunduz navbatchilik qilib, og‘ir ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni xalq bilan yelkama-yelka yengib o‘tishga ko‘maklashayotgan xodimlarning mukofotlarga munosibligi o‘z isbotini topdi. Hech kimga sir emaski, bilim tajriba bilan birga mustahkamlanadi va ichki ishlar organlari faxriylarida aynan shu narsa bordir. Ishtirokchilar arxiv materiallaridan foydalangan holda tasvirga olingan, Olmazor tumani IIO FMBda uzoq yillar profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Shukurali Asqarovning xizmati haqida video tomosha qildilar. Mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga izchillik bilan tatbiq etishdagi katta xizmatlari uchun iste’fodagi mayor Shukurali Asqarov O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar vazirligining Faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Tadbir yakunida, Bosh boshqarmaning “Nihol” guruhi yig‘ilganlarga konsert dasturini namoyish etdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech