21 May 2023 Yil 765

Toshkent shahar IIBBda axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni bo‘lib o‘tdi

Har yili 21 may kuni Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni nishonlanadi. Shu kuni milliy va madaniy qadriyatlarni saqlash hamda tarqatishda ishtirok etayotgan barcha xodimlarni tabriklash odat tusiga kirgan. Mazkur kunda kutubxonalar tarixi, kitobxonlik, kutubxonachi kasbiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar, turli tanlov va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirish hamda madaniy-maʼrifiy tarbiyalash maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ham kutubxona ochilgan bo‘lib, u yerda nafaqat ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, balki badiiy adabiyotlar ham mavjud. Shu kunlarda kutubxonaga poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 255-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari, bosh boshqarmaning sohaviy xizmat va hududiy bo‘linmalari xodimlari ham tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida tashrif buyurganlar kutubxonaning tashkil topishi, faoliyati va u yerda saqlanayotgan kitob hamda adabiyotlar bilan tanishdilar. Ilm xazinasining eshiklari kitobxonlar uchun doimo ochiq.

Barcha yangiliklar

Text to speech