17 Mart 2023 Yil 563

Xonadondan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 10 mart kuni Shayxantohur tumani IIO FMBga 44 yoshli Nafisa U. uyidan pul va tilla taqinchoqlari yo‘qolganligi haqida ariza bilan murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, nomaʼlum shaxs xonadonga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, jami 600 AQSH dollari va 27.840.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 21 yoshli Sardorbek M. aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech