29 May 2023 Yil 506

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Bolalar - yurt kelajagi” hamda “Stressni boshqarish” mavzulariga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi, psixolog Shoira Isakova maʼruza qildi. U o‘z maʼruzasida, bolalik inson hayotidagi muhim bosqichlardan biri ekanligini, aynan shu vaqtda insonning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish uchun zamin yaratilishini alohida taʼkidlab o‘tdi. Ikkinchi mavzuni yoritishda maʼruzachi stressni yengishga yordam beradigan bir qator mashqlar haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ayrim xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech