27 Sentyabr 2022 Yil 860

Toshkentda mavjud bo‘lmagan kvartiralarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ijaraga bergan firibgar ushlangan

O‘zbekiston, Toshkent – Batafsil.uz. Toshkentda mavjud bo‘lmagan kvartiralarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ijaraga bergan firibgar ushlangan. Erkak ijaraning arzonligi va shahar markazida joylashganiga “uchgan” mijozlardan avans olib, g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda muxbirimiz xabar bermoqda. O‘zbekiston, Toshkent – Batafsil.uz. Toshkentda mavjud bo‘lmagan kvartiralarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ijaraga bergan firibgar ushlangan. Erkak ijaraning arzonligi va shahar markazida joylashganiga “uchgan” mijozlardan avans olib, g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda muxbirimiz xabar bermoqda. 

Toshkent shahar IIBBga bir fuqaro murojaat qilib, noma'lum shaxs unga kvartirani ijaraga berishga va'da qilgani, pullarni olib   esa g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan.

Tergov natijasida fuqarolarning ishonchiga kirib, bir necha oy davomida ularni   aldab kelgan yigit qo‘lga olingan.

“Men e'lon saytiga   kvartirani ijaraga   berish haqidagi e'lon joyladim. Odamlar qo‘ng‘iroq qilib, narxi bilan qiziqishar edi. Biz narxini kelishib olgach, kvartirani ko‘rsatish va darhol kalitni berishimni aytdim. Avans tariqasida kelishilgan narxdan 20-50 foizini kartamga o‘tkazishni so‘radim. Pullarni olib, ularni Telegramda bloklardim”, - dedi yigit.

Aslida yigitning kvartirasi bo‘lmagan. U birovga tegishli uyning suratini olib, o‘ziniki qilib ko‘rsatgan. Shu tariqa u 15ga yaqin odamlarni “chuv tushirgan”. Fuqarolar firibgarning plastik kartasiga 500 mingdan 2 million so‘mgacha pul ko‘chirishgan. U olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Poytaxtning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod va boshqa tumanlarida yashovchi fuqarolar firibgarning tuzog‘iga tushib qolishgan. Ayni paytda uning boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi teshkirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech