19 Август 2022 йил 565

Toshkentda dorilarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh ushlandi

Toshkent shahrida dorilar savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Mirzo Ulug‘bek tumanida Sh. ismi shaxs boshqaruvidagi Epica tekshirilgan. Shunda yo‘lovchining yonidan 5 dona “Tropikamid” va 28 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olib yurgani aniqlangan. Shuningdek, avtomobil savolidan 21 dona “Tropikamid” va 25 dona “Regapen” topilgan.

Shundan so‘ng ular ukasi orqali o‘z qilmishini yashirishga harakat qilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligi uchun ichki ishlar xodimiga 5000 dollar pora taklif qilingan. O‘tkazilgan tadbir davomida gumonlanuvchining ukasi 4 million so‘m va qimmatbaho soatni ichki ishlar xodimiga pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Gumonlanuvchilarning yaqiniga nisbatan pora bergani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surishtiruvlar davomida ushbu shaxslarning jinoiy sheriklari ham topildi. Ular ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kelib tarqatish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushlangan jinoiy guruh a’zolaridan 1094 dona “Tropikamid”, 447 dona “Regapen” va 0,01 gramm sintetik giyohvandlik vositlalari olindi. Daliliy ashyolar o‘rganish uchun ekspertizaga topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech