Yunusobod tumanida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash fakti aniqlandi
24-mart kuni soat 22.00 da Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbiri davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda saqlash fakti aniqlandi. 25 yoshli Iroda M.ning yonidan 2,84 gr. "marixuana", 5,34 gr. "gashish", 12 dona "Tropikamid" va 82 dona "Regapen" tabletkalari topildi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.