9 Апрел 2022 йил 1687

Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyati tashabbusi bilan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz" shiori ostida “uch avlod uchrashuvi” ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Yaqinda ishga kirgan yosh xodimlar va ichki ishlar organlarining faxriylari hamda katta ofiserlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ular “Shahidlar xotirasi” hiyoboniga olib borildi.

Taklif etilgan faxriylardan iste'fodagi podpolkovnik Shokir Kamalov yosh xodimlarga xizmat yillarida boshidan kechirgan qiziqarli hodisalarni so‘zlab berdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey xodimi o‘zbekistonliklarning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida gapirib, tarixni va qahramonlar xotirasini hurmat qilish juda muhimligini qayd etdi.

Барча янгиликлар

Text to speech