28 Феврал 2022 йил 2184

Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlari 288-son o`rta ta’lim maktab o`quvchilari bilan uchrashuv o`tkazdilar

Yaqinda Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektorlari Mudofaa vazirligi faxriylari va fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari vakillari bilan birgalikda 288-son o`rta maktab bitiruvchilari bilan jinoyatlar profilaktikasi mavzusiga bag`ishlangan suhbat o`tkazdilar. Tashkilotchilar o`sib kelayotgan avlod huquqbuzarliklar ko`chasiga kirib qolmasligi uchun nima qilish zarurligini tushuntirdilar. Bundan tashqari, xodimlar yig`ilish ishtirokchilariga firibgarlikning asosiy uslublari to`g`risida, begona kishi ma’lum pul evaziga muammoning yechimini taklif qilganida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida so`zlab berdilar.

Uchrashuv davomida xodimlar yoshlarga ichki ishlar organlari, ularning qarshisida turgan vazifalar to`g`risida ma’lumot berdilar. Ichki ishlar organlari xodimining kasbi sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligi, unda bor kuchni ishlatib xizmat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yoshlar ichki ishlar organlariga xizmatga kirish haqida barcha savollariga to`liq javoblar oldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech