18 Yanvar 2023 Yil 526

Toshkent shahar IIBB xodimlari sovuq kunlarda ko‘mak ko‘rsatishmoqda

Toshkent shahar IIBB profilaktika inspektorlari, inspektor-psixologlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar ham anomal sovuq tufayli xizmat hududlarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Huquq-tartibot organlari xodimlari IIV tibbiyot boshqarmasi xodimlari, hokimlik, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari vakillari bilan birgalikda uyma-uy yurib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, ularga muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Asosiy eʼtibor yolg‘iz keksalarga, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qaratildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari keksa yoshdagilar bilan suhbatlashib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech