19 Март 2022 йил 2494

Yoʼl-transport hodisasi sodir etilgan joyni tark etgan haydovchining shaxsi aniqlandi

2022 yil 17 mart kuni soat 12.30 larda Yunusobod tumanida taxminan «Lacetti Gentra» rusumli avtomobilda yoʼl-transport hodisasi sodir etilishi natijasida jabrlangan 17 yoshli qiz haqidagi xabarlar Internet tarmogʼida tarqalgan edi. Аvtomobil haydovchisi oʼrnatilgan qoidalarga zid ravishda YTH joyini tark etgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Oʼtkazilgan tekshiruv jarayonida, yoʼl-transport hodisasi «Chevrolet Epica» rusumli (davlat raqami 10 D 010 TA) avtomobilda sodir etilganligi aniqlandi va transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Haydovchining shaxsi ham aniqlandi, u 19 yoshli А.А. boʼlib, unga nisbatan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) va 117-moddasi 1-qismi (“Xavf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Tergov davom etmoqda, yakuni boʼyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Барча янгиликлар

Text to speech