Yaxshi xizmat uchun minnatdorchilik so‘zlarini eshitish yoqimli
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning nomiga fuqaro Sevdora Latipova nomidan xat kelib tushdi. Xat muallifi Yunusobod tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlariga fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatilganligi uchun minnatdorchilik bildirilgan.
Xususan, ayol qiziga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishda yordam ko‘rsatgan tuman MvaFRB katta inspektori Xursand Musaevga minnatdorchilik bildirdi. Gap shundaki, qiz 16 yoshida ID-karta olishi kerak edi, lekin onasining betobligi tufayli uni vaqtida ololmagan. U alohida, tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedov rahbarligida xizmat qilayotgan barcha xodimlar e'tiborli, xushmuomala, hamma narsani tushuntirib, kerakli maslahatlar berishlarini ta'kidlab o‘tdi.
“Ichki ishlar bo‘limi xodimlari haqiqatdan ham fuqarolarga ochiq yuz bilan qo‘lidan kelgancha, amaliy yordam berishga harakat qilishyapti. Ularga bir ona sifatida chin dilimdan rahmat” – deb yozgan xat muallifi.