20 Апрел 2022 йил 1657

Yashnobod tumanida “Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash profilaktikasi” oyligi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar to'g'risida

Yashnobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlari tomonidan “Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash profilaktikasi” oyligi doirasida oilaviy nizolar bilan bog'liq hodisalar yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borishmoqda.

Zo'ravonlik mavjud bo'lgan oilaviy nizolar xodimlar tomonidan batafsil o'rganilmoqda. Ayollar bilan suhbat o'tkazilib, ularga himoya orderini olish tartibi va uning ta'siri haqida tushunchalar berilmoqda. Mojarolarni o'rganishda har ikki tomon ham tinglanib, aybdorlar bilan profilaktik suhbat o'tkazilmoqda. Zaruriy hollarda ma'muriy choralar qo‘llanilmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech