25 Феврал 2022 йил 1671

Yashnobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida madaniy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil qilinmoqda

Toshkent shahar IIBB bo`linmalari tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil qilinmoqda. Tadbirlardan asosiy maqsad – aholini va ayniqsa yoshlar va o`smirlarni sport bilan shug`ullanishga qiziqtirish, sog`lom turmush tarziga jalb qilish, ularning bo`sh vaqtlarini foydali mashg`ulotlar bilan o`tqazishdan iborat.
Yaqinda Yashnobod tumani 3-sektori rahbarining tashabbusi bilan “Beshariq” va “Barkamol” mahallalarining yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 149-son o`rta maktabda madaniy-ko`ngilochar tadbiri o`tkazildi. Tadbirda tuman IIO FMB mas’ul xodimlari, ta’lim muassasasining ma’muriyati va o`quvchilari qatnashdilar. Tadbirda maktab o`quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Sahnaga chiqqan bolalar she`rlar o`qidilar, raqsga tushdilar va qo`shiqlar kuyladilar. Tadbir mehmoni – estrada xonandasi Umarjon Shamsiev ijrosidagi qo`shiqlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan mahalliy yoshlar orasida Yashnobod tumani IIO FMB boshlig`ining Kubogi musobaqasi o`tkaziladi. Bolalar va o`smirlar futbol akademiyasida jamoalar sardorlari, 3-sektor hududida joylashgan 16 ta mahallalar yoshlar yetakchilari va raislari ishtirokida musobaqaning qur’asi tashlandi. Musobaqa g`olibiga Kubok topshiriladi, sovrinli o`rinlarni egallagan jamoalar – medallar, diplomlar va qimmatli sovg`alar bilan taqdirlanadilar.

Барча янгиликлар

Text to speech