3 Август 2022 йил 2023

Yashnobod tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Yaqinda “Artel” korxonasi hududida Probatsiya nazorati ostida turuvchi shaxslar ishtirokida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir Yashnobod tumani IIOFMB Probatsiya bo‘limining tashabbusi bilan xamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Yarmarkaga ishga muhtoj 61 nafar nazorat ostidagi shaxslar kelishdi. Fuqarolar ish beruvchilarga barcha savollarini berib, javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Avvalambor oylik maosh va ish tartibi haqida, ijtimoiy himoya choralari haqida savollar berildi. Natijada 17 nafari “Artel'” korxonasida ishlash ishtiyoqini bildirib ishga yo‘llanma olishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech