17 Феврал 2022 йил 1704

Yashnobod tumani IIO FMBda sayyor sud bo`lib o`tdi

Yurtimizda jazoni ijro etish tizimini yanada takomillashtirish, mahkumlar bilan ishlash faoliyati samaradorligini oshirish, jinoyatlarni qayta sodir etilish holatlarining oldini olish bo`yicha choralar ko`rilmoqda. Ushbu jarayon izchil, yakka tartibdagi yondashuvga asoslangan faoliyatni o`z ichiga oladi.
Yashnobod tumani IIO FMBda jinoyat ishlari bo`yicha sudьya А. Saidov raisligida sayyor sud o`tkazilib, unda ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lmagan jazoni o`tayotgan 23 nafar probatsiya xizmatida turuvchi mahkumlarga nisbatan taqdimotlar ko`rib chiqildi.
O`rnatilgan talablarni bajarib kelayotgan, mehnatga vijdon bilan yondashadigan, to`g`ri yo`lga o`tishga qat’iy qaror qilgan 22 nafar mahkumlar nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga muvofiq jazoni o`tashdan shartli ravishda muddatidan avval ozod qilindilar.
Bundan tashqari, axloq tuzatish ishlaridan tizimli ravishda o`zini olib qochganligi uchun bir nafar mahkum jazoni ozodlikdan mahrum etish muassasasida o`tashga hukm qilindi.
Sayyor sud davomida probatsiya guruhi hisobida turuvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazildi.

Барча янгиликлар

Text to speech