21 Май 2022 йил 1128

Yashnobod tumani IIO FMB yosh avlodni sport bilan shug‘ullanishga jalb qilmoqda

Yashnobod tumani IIO FMB XPB inspektor-psixologlari, Milliy gvardiya xodimlari, mahalla faollari hamda maktab rahbariyati bilan hamkorlikda, tumanning 153-maktabida o‘quvchilar o‘rtasida prezidentimizning 5 ta tashabbusi doirasida, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, sportning futbol, tennis, kurash, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi.
Futbol sport turi bo‘yicha “Barkamol avlod” jamoasi faol qatnashib g‘olib bo‘ldi va faxrli 1-o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunida sportning barcha turlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq, medal' va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Kelgusida maktab rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda, o‘quvchi yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shu kabi tadbirlarni ko‘plab tashkil etishga kelishib olindi.

Барча янгиликлар

Text to speech