4 Апрел 2022 йил 1551

Yangixayot tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga yordam qo‘lini cho‘zmoqdalar

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning asosiy vazifalaridan biri xotin-qizlarning yashash sharoitini va muammolarini o‘rganish, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Masalan, Yangixayot tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik R.Binali «Toshkent» mahallasida yashovchi 66 yoshli T.M. qiyin ahvolga tushib qolganligi haqida xabar berishdi: ayol yuqoridagi mahallada ro‘yxatda tursada, turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng qarindoshlari uyni sotib yuborishgan va u muayyan yashash joyidan ayrilgan. Mazkur ma’lumot podpolkovnik R.Binalining e’tiboridan chetda qolmadi. Kerakli hujjatlar to‘planib, ayol Toshkent shahar IIBB huzuridagi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida tashkil etilgan “Mehr saxovat” boshpanasiga joylashtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech