8 Апрел 2022 йил 1447

Yangi qurilgan uydan kvartira sotib olishda “yordam” va'da qilgan shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda

Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2021-yilning avgust oyida 21 yoshli Muhammadamin U. 32 yoshli Azizxon A.ga yangi qurilgan uydan kvartira sotib olishga yordam berishni va’da qilgan. Buning uchun 45.800 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmagan. Pullarni o'z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech