13 Январ 2022 йил 1128

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Shu kunlarda yurtimizni turli hududlarida O`zbekiston Qurolli kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni nishonlanmoqda. Bayram arafasida shahar IIBB PPX brigadasi 2-batalyoni 1-otryadida xizmat qilgan marhum xodim safdor Boyjonov Аbdujamil tahsil olgan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 16-son o`rta maktabga Yakkasaroy tumani IIO FMBning mas’ul xodimlari, marhuning do`stlari va hamkasblari, yaqin qarindoshlari tashrif buyurdilar.

Maktabda “Vatanning mard o`g`lonlarining xotirasi mangudir” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o`tkazilib, unda А. Boyjonov, uning insoniy sifatlari, xizmatlari xotiralandi. Tadbir yakunida Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari va mehmonlar maktabga kirishda o`rnatilgan memorial byustga gulchambarlar qo`ydilar. 

Барча янгиликлар

Text to speech