27 Январ 2022 йил 2294

Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlar poytaxt mahallalarida yashovchi ayollarni qo`llab-quvvatladilar

Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarning vazifalaridan bir qismi yolg`iz istiqomat qiladigan ayollarning yashash sharoitini va muammolarini o`rganish, o`z vaqtida yordam ko`rsatish hamda qo`llab quvvatlash, suhbatlar o`tkazish va maslahat berishdan iboratdir.
Yangihayot tumani “Yorqin” mahallasida yashovchi 55 yoshli I.А. va 48 yoshli Sh.Yo.lar salomatliklari bilan bog`liq muammo tufayli og`ir ahvolda qolganliklari to`g`risidagi axborot e’tiborsiz qolmadi.
Ma’lum bo`lishicha, I.А. va Sh.Yo. tibbiy muassasa hisobida turadilar. Ularga doimiy ravishda tuman hokimligi, sektor rahbari va homiylar tomonidan muntazam yordam ko`rsatilib kelingan. 48 yoshli Sh.Yo. uchun imtiyozli ravishda jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan va tuman IIO FMB xodimlari homiylarni jalb qilgan holda nogironlik aravachasini xarid qilganlar.
Ushbu ayollar muammoga duch kelganlaridan xabar topgan Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo`limining mas’ul xodimlari podpolkovnik G. Po`latova va podpolkovnik N. Dusmuxamedova Yangihayot tumani 4-son IIB xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori podpolkovnik R. Binali hamda tuman ma’muriyati vakillari bilan birgalikda ayollarga yordam berishga qaror qilishgan. Аyollarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun ularni “Saxovat” keksa va nogironlar internat-uyiga yo`naltirishga qaror qilingan. Hozirgi vaqtda yuqoridagi muassasaga yo`naltirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar tayyorlanmoqda.
2022-yil 25-yanvar kunida ro`y bergan elektr tarmoqlaridagi uzoq vaqtli uzilish tufayli Toshkent shahrining ba’zi tumanlarida muhandislik kommunikatsiyalari faoliyatida nosozliklar kuzatildi. Mirobod, Olmazor, Bektemir, Uchtepa va Shayxontohur tumanlari IIO FMBlari xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektorlari uyma-uy yurib, aholining muammolarini o`rgandilar. Yolg`iz keksalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolarga alohida e’tibor qaratildi. Ulardan xabar olinib, xavfsizlik texnikasiga va ehtiyot choralariga rioya qilish zarurligi eslatildi. Shuningdek ularga Toshkent shahar IIBBning Yagona tezkor markazining raqamlari berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech