12 Май 2022 йил 1828

Toshkent shahar IIBB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar faoliyatidan

Toshkent shahar IIBB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ayollarning muammolarini hal qilishda yordam berib, jabrlangan ayollarning huquqlarini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rmoqdalar va zarur holatlarda himoya orderlarini topshirmoqdalar. Masalan, Sergeli tumanida yashovchi 46 yoshli G.R. ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i 46 yoshli E.I. bilan o‘zaro janjallashib qolishganligi oqibatida, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Sergeli tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari mayor I.Ismailova, mayor M.Azizova va leytenant D.Xudoyberganovalar manzilga yetib kelib, holatni batafsil o‘rganib chiqdilar. Suhbat davomida, ayol turmush o‘rtog‘i muntazam ravishda janjal chiqarib, unga qo‘lini ko‘tarishini aytdi. Fuqaro G.R. turmush o‘rtog‘i E.I. ga hech qanaqa da'vo etirozi yo‘qligi bo‘yicha qarshi ariza bilan murojaat qilib, surishtiruv jarayonini to‘xtatishni so‘ragan. Fuqaro E.I. bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Kelgusida nohush holatlar kelib chiqmasligi, turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘tkazib kelayotgan zo‘ravonliklarni oldini olish maqsadida G.R.ga himoya orderi berildi.

Hozirda ushbu ayol va 2 nafar farzandiga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida ular «Ayollar reabilitatsiya va moslashtirish markazi»ga joylashtirilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech