22 Апрел 2022 йил 1917

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlarining «Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash oyligi» doirasidagi faoliyati

Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlar «Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash oyligi» doirasida xotin-qizlar orasida va ayollarga nisbatan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga, og'ir sharoitda qolganlarga manzilli yordam ko'rsatishga, muammolarni o'rganib, ularni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan ishlari davom etmoqda. Masalan, Yangihayot tumani 4-son IIB XQMB katta inspektori podpolkovnik R. Binali tomonidan «Toshkent» mahallasida istiqomat qiluvchi 43 yoshli Z.J.ning oilasidan xabar olishdi. Ayol farzandlari tarbiyasi va o'qishiga etarli e'tibor bermaganligi uchun O'zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilib, profilaktik hisobga olingan. Ichki ishlar organi xodimi Z.J. bilan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlari to'g'risida profilaktik suhbat o'tkazdi.

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor yuqorida qayd etilgan mahallada yashovchi yani bir oiladan xabar oldi. 34 yoshli M.P. ham farzandlari tarbiyasi bilan bog'liq majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Oilaning shart-sharoitlari o'rganilib, profilaktik suhbat o'tkazildi. Yangihayot tumani 1-IIB XQMB katta inspektori katta leytenant S.Nursultanova “Yorqin hayot” mahallasida uyma-uy yurib, aholi bilan oila-turmush munosabatlari, shuningdek mahallada jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat o'tkazdi. Bundan tashqari ichki ishlar organlari xodimlari uzoq muddatga boshqa davlatga chiqib kelgan bir nechta fuqarolar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan profilaktik suhbatlar o'tkazishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech