Xonadonlardan o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
Olmazor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1 aprel kuni soat 08.00 dan 19.00 ga qadar, noma’lum shaxs 35 yoshli Nozimaxon X.ning xonadoniga kirib, 8.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar davomida ushbu shaxs 31 yoshli Akmal K. ekanligi aniqlanib, ertasi kuni qo‘lga olingan. Tergov jarayonida gumonlanuvchining jinoiy faoliyatiga oid yana bir holat aniqlangan. Shu kuni u 49 yoshli Umida K.ning xonadoniga kirib, umumiy qiymati 13.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari va fotoapparatini o‘g‘irlab ketgan. Tergov davom etmoqda.