26 Январ 2022 йил 848

Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari yaxshilik aksiyasini qo`llab-quvvatlamoqdalar

Toshkent shahar IIBB xodimlari muntazam ravishda qon donori bo`ladilar. Bu safar Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari qon topshirish kabi oliyhimmat ishda qatnashadilar.
Qon olish bo`yicha sayyor tadbiri Qon quyish markazi xodimlari tomonidan tuman IIO FMB hududida tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari qon topshirmoqchi bo`lganlarni boshdan kechirgan kasalliklarini, qon guruhi va rezus-faktorni aniqladilar. Barcha zarur amaliyotlardan so`ng xodimlardan qon olindi.
Har safar aksiyada ishtirok etmoqchi bo`lgan xodimlar soni oshib borayotgani quvonarli holat, albatta.

Барча янгиликлар

Text to speech