Yunusobod tumani IIOFMB shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlarining boshqarma rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Xizmat intizomi va qonuniyligini mustahkamlash, xodimlarning ma’naviyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, kasb mahorati va bilimini yuksaltirish haqida suhbat olib borildi. Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Komil Amanov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov, Bosh boshqarma faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Murodjon Karimovlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida xodimlarning ota-onalari va oila a’zolari ularning rasmiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, yig‘ilganlarga xodimlarning mehnat faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, huquqiy va ijtimoiy himoya, xodimlar va ularning oila a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori natijalarga erishayotgan namunali IIO xodimlarining ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.