2 Феврал 2022 йил 2558

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish – Toshkent shahar IIBB faoliyatining asosiy mezonidir

Toshkent shahar IIBB boshlig`i general-mayor А. Tashpulatov poytaxt IIBB YHXB ro`yxatdan o`tkazish va imtixon olish bo`limida bo`lib, u yerda tashkil qilingan sharoitlar bilan tanishdi. Idora rahbarining bo`linma xodimlari bilan uchrashuvi o`tkazilib, uchrashuv davomida xizmat intizomiga rioya qilish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish to`g`risida so`z bordi.
Xodimlarga murojaat qilar ekan, general-mayor А. Tashpulatov ularni xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga, ogohlikka, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Shuningdek so`nggi vaqtlarda avtomaktablarda o`qitish sifati sezilarli pasaygani qayd etildi. Shu munosabat bilan o`qitish jarayonini yaxshilash, tegishli darajadagi nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish, yo`qlamani nazorat qilish vazifalari belgilandi. Haydovchilik guvohnomasini berish jarayoni shaffof va inson omilidan xoli bo`lishi zarurligi qayd etildi.
Markaziy apparatda YHXBning mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o`tkazildi. IIBB boshlig`ining o`rinbosari polkovnik M. Аliqoriev, respublika IIV O`XBBning Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, YHXB mas’ullari o`z nutqlarida xizmat intizomini mustahkamlash, shaxsiy tarkib orasida qonunchilik buzilishini profilaktika qilish to`g`risida gapirdilar. Jumladan, ro`yxatdan o`tkazish va imtixon olish bo`limi xodimlariga haydovchilik guvohnomasini olish uchun ariza topshirayotgan fuqarolarni nazorat qilishni kuchaytirish, imtixon topshirish tartib-taomillariga uchinchi shaxslarning aralashuviga yo`l qo`ymaslik topshiriqlari berildi. 

Барча янгиликлар

Text to speech