7 Феврал 2022 йил 1160

Toshkent shahar IIBBda voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2021 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Toshkent shahar IIBBda voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining o`tgan 12 oydagi faoliyati sarhisobiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig`ining o`rinbosari polkovnik R. Sultonxodjaev, shahar prokuraturasi vakillari, voyaga yetmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlar, yoshlar masalalari bo`yicha katta inspektorlar ishtirok etdilar.
Yig`ilish davomida yo`l qo`yilgan kamchiliklar muhokama qilindi, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish bo`yicha aniq vazifalar qo`yildi. Bundan tashqari, o`sib kelayotgan avlod o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni oldini olish borasida xatolarga yo`l qo`ygan mas’ul xodimlarga tegishli ko’rsatmalar berildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha aniq choralar belgilandi.
Tadbir yakunida 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar kelishib olindi, joylardagi yoshlar masalalari bo`yicha katta inspektorlar va voyaga yetmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlarga aniq topshiriqlar berildi.

Барча янгиликлар

Text to speech