29 Апрел 2022 йил 1743

Uchtepa tumanidagi otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari Birinchi Prezident nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasida bo'lishdi

Ma'naviyat oyligi doirasida Uchtepa tumani 3-sektor rahbari tashabbusi bilan, otaliqqa olingan 312-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Oqsaroy” qarorgohida joylashgan Birinchi Prezident nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat, vatanparvarlik va o‘z Vatani uchun mas'uliyatni his etish ruhida tarbiyalash.
Tashrif davomida o‘quvchilar mustaqil davlatimiz asoschisining fotosuratlari, hujjat va shaxsiy buyumlari bilan tanishishdi. Bundan tashqari yoshlar Islom Karimov hayotligida qabullar o'tkazgan yig'ilish xonalarini tomosha qilishdi. Mehmonlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Барча янгиликлар

Text to speech