7 Апрел 2022 йил 1437

IIBB xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida kuchli ta'sirga ega moddalar topildi

Joriy yilning 1 aprel kuni soat 21:00 larda, Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari, kichik serjant F.Bekmurzaev, katta serjant D.Raximov, safdor R.Shermatov va safdor S.Shomurodovlar belgilangan hududni ko'zdan kechirib yurishgan edi. Xizmat vaqtida Uchtepa tumani 12-mavzedagi uyning oldida, noma'lum fuqaro o'z xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg'otdi. Fuqaroni tekshirish uchun to'xtatilganda, u qochib ketmoqchi bo'ldi, lekin xodimlar tomonidan ushlandi. Holislar ishtirokida tekshirilganda, shubhali shaxs – Shayxantohur tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Abduvaxob B. ekanligi ma'lum bo'ldi. Abduvaxob B. egnidagi kurtkasining cho'ntagidan 112 dona kuchli ta'sirga ega modda “Regapen” preparatlari topildi. Holat bo'yicha tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib Uchtepa tumani IIO FMB mas'ul xodimlariga topshirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech