6 Январ 2022 йил 2252

Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o`tkazmoqdalar

Bugungi kunda kiberjinoyat eng keng tarqalgan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatlar profilaktikasi uslublaridan biri – huquqni muhofaza qilish organlarining aholi bilan o`tkazadigan tushuntirish ishlaridir.
Poytaxtning Uchtepa tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari kiberjinoyatlarga qarshi kurashish to`g`risidagi axborot varaqlarini tarqatdilar, shuningdek velosipedlar va bolalar aravachalari o`g`irligini oldini olish bo`yicha suhbat o`tkazdilar. Bundan tashqari, flayerlar jamoat joylarida joylashgan axborot taxtalariga ham yopishtirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech