24 Январ 2022 йил 1617

Uchtepa tumani “Guzar” mahallasining profilaktika inspektori faoliyati to`g`risida

Odamga ko`pincha uning xatti-harakatlariga qarab, hayotga, atrofdagilariga va oilasiga bo`lgan munosabatiga qarab baho beriladi. Shuningdek inson haqida uning kasb majburiyatlarini qanchalik mas’uliyat bilan bajarishiga qarab baho berish mumkin. Uchtepa tumani IIO FMB 1-son IIB 28-son mahalla huquq-tartibot punkti profilaktika inspetkori leytenant Elyorbek Ernazarov xizmatiga masʼuliyat bilan yondashadigan xodimlardan biridir. Leytenant E. Ernazarov profilaktika inspektori ko`p qirrali kasb bo`lib, ushbu kasb egasida surishtiruvchi, psixolog va hatto ustoz ko`nikmalari mujassam bo`lishi kerak deb hisoblaydi.
Leytenant E. Ernazarovga ishonib topshirilgan hudud bo`lmish poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan “Guzar” mahallasida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholining muammolarini aniqlash va o`z vaqtida hal qilish, mahalla faollari, davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
“Guzar” mahallasida 6 400 kishidan ortiq fuqarolar istiqomat qiladilar. Xizmat davomida leytenant Elyor Ernazarov probatsiya xizmati hisobidan turuvchilar, oilaviy janjalkashlar, spirtli ichimliklar isteʼmoliga ro`jo` qo`yganlar bilan muntazam uchrashib, suhbat oʼtkazadi. Qayd etish zarurki, muqaddam jazo o`tagan 25 kishidan hech biri qayta jinoyat sodir etmagan, bu esa profilaktik ishlar samarasidan dalolat qiladi.
Profilaktika inspektori har kuni “Guzar” mahalla fuqarolar yig`ini raisi v/b Dilobar Аbdusamatova bilan birga 10 dan ortiq fuqarolardan xabar olib, yuzaga kelayotgan muammolarni joyda hal qilishga harakat qiladilar. Keksalarga alohida eʼtibor berilmoqda, pensionerlar va nogironlar firibgarlarning tuzog`iga tushib qolmasliklari uchun ogohlikka chaqirilmoqdalar. E. Ernazarovga ustozi – podpolkovnik Zohid Muqimov o`z tajribasi bilan o`rtoqlashgan holda katta yordam berib turadi.
Mahalla aholisi o`zlarining profilaktika inspektorlari leytenant Elyorbek Ernazarovni insofli xodim hisoblaydilar. Ular profilaktika inspektori fuqarolarning arizalarini sinchkovlik bilan o`rganishini, rahbariyatning topshiriqlarini o`z vaqtida va sifatli bajarishini qayd etishdi.

Барча янгиликлар

Text to speech