14 Май 2022 йил 2394

Toshketdagi hayvonot bogʼida “Uyga yoʼl” nomli mushuklar va kuchuklarning koʼrgazmasi oʼtkazilmoqda

14 va 15 may kunlari soat 10.00 dan 17.00 gacha Toshkentdagi hayvonot bogʼida ajoyib tadbir – “Mushukkent” loyihasi hamda “Hayot” hayvonlarni himoya qilish nodavlat notijorat tashkiloti koʼngillilari tomonidan qutqarilgan va hayoti saqlanib qolingan mushuklar va kuchuklarning koʼrgazmasi oʼtkazilmoqda. Tadbirga “Uyga yoʼl” nomining berilishi bejiz emas: koʼrgazma ishtirokchilari oʼziga yoqqan hayvonni tanlash yoʼli bilan ularga uy hadya qiladi. Lekin tadbirga hayvonlarni olib ketishni istamaganlar ham kelishi mumkin: dam olish kunlarini begʼubor tuygʼular va yaxshi kayfiyat bilan oʼtkazishadi.
Uysiz hayvonlar tadbir ishtirokchilari va koʼngillilar yordami bilan tekshiruvdan oʼtkazildi, davolandi, vaktsinatsiya, sterilizatsiya, kastratsiya qilindi. Endi bu momiq hayvonlar ularga mehr ulasha oladigan, gʼamxoʼrlik qila oladigan oʼz egasini kutmoqda. Koʼrgazmaning birinchi kunidayoq oʼnlab hayvonlar oʼz egasini topdi, mehribon doʼstga ega boʼldi.
Shuningdek, xalq amaliy sanʼat ustalarining, hunarmandlarning, hayvonot doʼkonlarining koʼrgazmasi oʼtkazilmoqda. Qoʼl mehnati va hayvonlar uchun moʼljallangan mahsulotlarning savdosidan tushgan mablagʼlarning bir qismi “Mushukkent” loyihasi va “Hayot” boshpanasiga taqdim etiladi.
Bolalar uchun animatorlar ishtirokidagi qiziqarli shou-dasturlar, “Men hayvonlarni yaxshi koʼraman” nomli bolalar chizgan rasmlar musobaqasi ham tashkil etilgan.

Барча янгиликлар

Text to speech