11 Апрел 2022 йил 1534

Toshkent shahar IIBBda ma’naviyat-ma’rifat tadbiri o`tkazildi

Bugun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlandi. Tadbirda bosh boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkibi hamda O‘zbekiston milliy universiteti dosenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abror Xidirov ishtirok etdi. Abror Xidirov “Amir Temur davrida ilm-fan va madaniyat” mavzusida ma'ruza qildi. Xususan, Sohibqiron o‘sha davr va o‘zigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal o‘zlashtirgan ulug‘ siymo, qomusiy ilm, aql egasi bo‘lganligini qayd etdi.

Shu bilan birga, tadbir davomida Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi shifokor nevrologi Nargiza Ikromova “Sog‘lom turmush tarzini ta'minlash” muvzusida ma'ruza qildi.

Yig‘ilish yakunida xizmat faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan rag‘batlantirildi.

Барча янгиликлар

Text to speech