9 Апрел 2022 йил 1661

Toshkent shahar IIBB xodimlari Amir Temur muzeyini ziyorat qildilar

“Ma'naviyat oyligi” doirasida Toshkent shahar IIBB JTSB bo‘linmalari va Patrul-post xizmati brigadasi xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilishdi.
Xodimlar Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar, Amir Temur yaratgan me'moriy obidalar, muzeydagi arxeologiya yodgorliklari, qo‘lyozmalar, jang san'atlari tasvirlangan sur'atlar va tasviriy san'at na'munalari bilan tanishishdi. Shuningdek, Amir Temurga bo‘lgan hurmatni ifodalovchi dil so‘zlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar xodimlarning diqqat e'tiborini tortdi. Muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi va xodimlarda juda katta taаssurotlar qoldirdi.

Барча янгиликлар

Text to speech